Trade-in subsidiyalari va 0% bo‘lib to‘lash

Geely Auto Uzbekistan mijozlar uchun Trade-in dasturi shartlarini kengaytirib, Monjaro, EX5 EM-i va EX5 modellarini xarid qilishda qo‘shimcha subsidiyalarni taqdim etadi.
Dastur doirasida amaldagi avtomobilini Trade-in orqali almashtirgan mijozlar:
- Geely EX5 elektromobili xaridida — 20 million so‘m
- Geely EX5 EM-i (gibrid) xaridida — 6 million so‘m;
- Geely Monjaro xaridida — 6 million so‘m subsidiya olishlari mumkin.
Shuningdek, Geely Auto Uzbekistan barcha rasman sotuvda mavjud barcha modellar uchun 0% yillik ustama asosidagi bo‘lib to‘lash imkoniyatlarini taklif etmoqda. Mijozlar o‘z ehtiyojiga mos Geely modelini tanlab, uni qulay moliyaviy shartlarda xarid qilishlari mumkin.
Har bir ehtiyoj uchun mos Geely modeli!
Trade-in subsidiyalari 2026-yil 30-sentabrgacha amal qiladi. Aksiya doirasidagi avtomobillar soni cheklangan.
Taklif shartlari va avtomobillarning mavjudligi haqida batafsil ma’lumotni Geely’ning rasmiy dilerlik markazlaridan yoki 1879 qisqa raqamli call-markaz orqali olish mumkin.