Geely O‘zbekistonda gibrid avtomobil xarid qilish imkoniyatlarini kengaytirmoqda

Geely Auto Uzbekistan EX5 EM-i gibrid krossoverini Trade-in orqali xarid qilishda 15 million so‘mlik subsidiya taqdim etmoqda. Brendning mamlakatdagi rasmiy dilerlik tarmog‘i esa 10 taga yetdi.
Avtomobilni yangilash — yangi modelni tanlash bilan birga, mavjud avtomobilni sotish masalasini ham hal qilish demakdir. Geely’ning Trade-in dasturi ushbu ikki jarayonni birlashtiradi: mijoz o‘z avtomobilini topshiradi, uning baholangan qiymati esa yangi avtomobil xaridi hisobiga yo‘naltiriladi.
Endi Geely EX5 EM-i xaridida ushbu qiymatga qo‘shimcha ravishda 15 million so‘mlik subsidiya taqdim etiladi. Bu avtomobilini yangilashni rejalashtirayotgan mijozlar uchun gibrid krossoverga kamroq xarajat bilan o‘tish imkoniyatidir.
Elektr qulayligi, benzin dvigatelining amaliyligi
EX5 EM-i elektr va benzin dvigatellarini Super Hybrid tizimida birlashtiradi. Kundalik qatnovlarda elektr rejimidan foydalanish, uzoq safarlarda esa benzin dvigateli bilan yo‘lni davom ettirish mumkin.
Tashqi manbadan quvvatlash imkoniyati va 1 000 kilometrdan ortiq umumiy yurish zaxirasi modelni ishga qatnov, oilaviy sayohat va viloyatlararo safarlar uchun moslashtiradi. Keng salon va zamonaviy texnologiyalar esa ushbu krossoverning afzalliklarini kundalik hayotda his qilish imkonini beradi.
0% yillik ustama, 60 oygacha bo‘lib to‘lash
Geely avtomobillarini 25% dan boshlab boshlang‘ich to‘lov bilan, 60 oygacha muddatga 0% yillik ustama asosida xarid qilish mumkin. Mijoz tanlangan model va dastur shartlariga muvofiq boshlang‘ich to‘lov hamda to‘lov muddatini belgilaydi.
Geely’ning boshqa modellari uchun ham foydali xarid takliflari mavjud. Model bo‘yicha amaldagi imtiyozlar, oylik to‘lov hisob-kitobi va takliflarning birgalikda qo‘llanish shartlari rasmiy dilerlik markazlarida tushuntiriladi.
Geely mijozlarga yanada yaqinlashmoqda.
Geely Auto Uzbekistan mamlakat bo‘ylab dilerlik tarmog‘ini kengaytirishda davom etmoqda. Bugungi kunda brendning 10 ta rasmiy dilerlik markazi faoliyat yuritmoqda. Bu hududlardagi xaridorlar uchun avtomobilni shaxsan ko‘rish, komplektatsiyalarni taqqoslash va xarid shartlarini mutaxassis bilan muhokama qilish imkoniyatlarini oshiradi.
Taklifning amal qilish muddati, ishtirok etish shartlari, avtomobilni baholash tartibi va mavjud komplektatsiyalar haqida rasmiy Geely dilerlik markazlaridan ma’lumot oling.
Call-markaz: 1879