Dunyoga mashhur Emgrand va EX2 endi O‘zbekistonda!

Geely Auto O‘zbekistonda rasman taqdim etilgan modellar qatorini ikkita yangi avtomobil — Geely Emgrand oilaviy sedani va Geely EX2 elektromobili bilan kengaytirmoqda.
Geely Emgrand — sifat, zamonaviy imkoniyatlar, jozibador narx va foydali moliyaviy shartlarni birlashtirgan o‘z sinfidagi jiddiy raqobatchi.
Geely Emgrand’ning O‘zbekistondagi rasmiy narxi 246 500 000 so‘m.
Avtomobil maxsus moliyaviy dastur asosida taklif etiladi: boshlang‘ich to‘lov — 25% dan 70% gacha, to‘lov muddati — 12 oydan 60 oygacha, yillik ustama — 0%.
Emgrand’ning jahon bo‘ylab savdosi 4,24 million donadan oshgan. Modelning asosiy afzalliklari:
• uch nafar katta yoshli yo‘lovchi ham qulay joylashishi mumkin bo‘lgan keng orqa qator;
• 1,5 litrli tejamkor dvigatel va ravon ishlaydigan olti pog‘onali avtomatik uzatmalar qutisi;
• 100 kilometrga 6,4 litr yoqilg‘i sarfi;
• kundalik shahar harakati va uzoq shaharlararo safarlar uchun qulay shassi;
• salon yuzalarining 85 foizida yumshoq qoplama va qulay o‘rindiqlar;
• ikkita 12,3 dyuymli raqamli ekran va smartfonni avtomobil displeyiga ulash imkoniyati;
• oltita xavfsizlik yostiqchasi, Bosch 9.3 elektron barqarorlik tizimi va shinalardagi bosimni nazorat qilish tizimi.
Geely EX2 — tashqaridan ixcham, ichkaridan esa keng shahar elektromobili.
Modelning asosiy afzalliklari:
• ixcham o‘lchamlari va 4,95 metrlik burilish radiusi tufayli shaharda qulay boshqaruv va oson avtoturargoh;
• NEDC sikli bo‘yicha 395 kilometrgacha yurish zaxirasi;
• batareyani 30% dan 80% gacha 25 daqiqada quvvatlash;
• orqa g‘ildiraklardan tortish tizimi va mustaqil ko‘p richagli orqa osma;
• 70 litrli qo‘shimcha old bagaj va 1 320 litrgacha kengayadigan asosiy bagaj bo‘limi;
• keng besh kishilik salon, tekis orqa pol va 36 ta saqlash bo‘limi;
• 14,6 dyuymli markaziy ekran, Flyme Auto tizimi va L2 darajasidagi haydovchiga ko‘maklashuvchi tizimlar majmuasi.
1986-yilda asos solingan Geely Holding 1997-yildan buyon avtomobil sanoatida faoliyat yuritadi. Uning ekotizimiga Geely Auto, ZEEKR, Lynk & Co, Volvo Cars, Polestar, Lotus, LEVC va Farizon, shuningdek, smart va PROTON hamkor brendlari kiradi. 2025-yilda ularning umumiy savdosi 4,11 million avtomobildan oshgan.
Batafsil ma’lumotni Geely’ning rasmiy dilerlik markazlari yoki Call Center orqali olishingiz mumkin: (55) 510-02-90.